O’zbekistonda istiqomat qilayotgan koreyslarning 85-yilligiga bag’ishlangan tadbir 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi “xalqlar do’stligi” saroyida bo’lib o’tadi. Tadbirda 4000 ga yaqin mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etishi, ular uchun teatrlashtirilgan madaniy dastur namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Konsert dasturi tashkilotchisi O’zbekistondagi Koreys madaniyat markazlari uyushmasi vakillari Koreya Respublikasining “eurasia Networks” kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keondan Janubiy Koreyaning taniqli estrada xonadalarini taklif etish bo’yicha yordam  so’radi. O’z navbatida, Kim Chang Keon O’zbekistonda Janubiy Koreya sanʼatkorlarining konsertini tayyorlash va o’tkazishga tayyor ekanini bildirdi.

O’zbekiston elchixonasi maʼlumotlariga ko’ra, konsertda ishtirok etishi rejalashtirilgan Janubiy Koreyaning mashhur ijrochilari Gil Gun va Kim Jixyun nafaqat Koreya Respublikasida balki, butun dunyoda mashhurdir.

Gil Gon va Kim Jixyun safar oldidan O’zbekistonda istiqomat qilayotgan koreyslar diasporasining 85-yilligiga bag’ishlangan madaniy tadbirdagi chiqishlari uchun O’zbekistonda munosib hayot kechirayotgan koreyalik vatandoshlarga bayramona kayfiyat ulashadigan  qo’shiqlarni ijro etishlarini taʼkidlashdi.