Janubiy Ural davlat agrar universitetining Troisk shahridagi filialida oʻtkazilgan Navroʻz tadbirini oliy oʻquv muassasasi rahbari S.Cherepuxina kirish soʻzi bilan ochdi. Filial direktori talabalarni Navroʻz ayyomi bilan samimiy qutlab, mazkur bayram turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqining koʻhna madaniyati va merosini Rossiyada ommalashtirishga zamin yaratishini taʼkidlab oʻtdi.
Bayram tantanasida madaniy dastur namoyish etildi.
Bosh konsulxona xodimlari mazkur universitetda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan muloqot oʻtkazdi. Unda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida maʼlumot taqdim etildi.
Universitet rektori bilan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. S.CHerepuxina oʻzbekistonlik talabalarning tirishqoq va ilmga chanqoqligini taʼkidladi hamda universitetga yana-da koʻproq vatandoshlarimiz taʼlim olishi uchun imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.
Chelyabinsk shahridagi Janubiy Ural davlat universitetida boʻlib oʻtgan Navroʻz ayyomi tantanalarida rektor A.Shestakov ishtirok etdi. Shuningdek, Chelyabinsk viloyati taʼlim va fan vaziri A.Kuznetsov bayram kechasi qatnashchilarini Navroʻz ayyomi bilan onlayn shaklda muborakbod etdi.
Bayram dasturidan oʻrin olgan milliy qoʻshiqlar va oʻzbek anʼanalariga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.