Janubiy xitoylik sayyohlar Oʻzbekistonga ilk bor tashrif buyurishadi

    Kompaniya bosh ofisi Guandun provinsiyasida joylashgan boʻlib, bugungi kunda Xitoyning 27 ta yirik shaharlarida 100 dan ortiq filiallariga ega. 2015-yilda Xitoyning eng yaxshi turistik kompaniyasi maqomini olgan.

    Oʻzbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning GZL Travel kompaniyasi (GZL) vitse-prezidenti (tashqi turizm boʻyicha kompaniya rahbari) Rut Xuan xonim bilan xitoylik turistlarni birlashgan xolda Oʻzbekistonga sayohatlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

    Uchrashuvda Xitoy tomoniga mamlakatimizda yaratilgan turizm infratuzilmasi, soʻnggi 6-7 yil ichida sohada olib borilgan islohotlar, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar turistik salohiyati va zamonaviy imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

    GZL oʻz faoliyatini 1980-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. Kompaniya bosh ofisi Guandun provinsiyasida joylashgan boʻlib, bugungi kunda Xitoyning 27 ta yirik shaharlarida 100 dan ortiq filiallariga ega. 2015-yilda Xitoyning eng yaxshi turistik kompaniyasi maqomini olgan.

    Tomonlar, bugungi kunda Xitoyning Urumchi, Sian, Pekin va Chengdu shaharlaridan Toshkentga haftasiga 12 ta aviaparvozlarni amalga oshirilayotganligi taʼkidlab, ushbu yoʻnalishlar orqali xitoylik sayyohlarni mamlakatimizga tashriflarini koʻpaytirish maqsadida birgalikda amaliy tadbirlar oʻtkazish hamda oʻzaro “Silk Road” turizm brendini Janubiy Xitoy provinsiyalarida keng targʻib qilishga kelishib oldilar.

    Xitoy tomoni joriy yilning 15-17-noyabr kunlari Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida qatnashish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.