JAR: yo'l-transport hodisasi oqibatida 12 nafar maktab o'quvchisi hayotdan ko'z yumdi

    Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) shimolida maktab avtobusi ishtirokidagi yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 12 nafar boshlang'ich sinf o'quvchisi halok bo'ldi.

    Bu haqda mahalliy SABC radiostansiyasi ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, yetti nafar maktab o'quvchisi jarohatlandi. Ertalab salonida o'quvchilari bo'lgan avtobus Yoxannesburgdagi maktabga ketayotganida avtomobilning unga borib urilishi oqibatida avtobus ag'darilib, yonib ketdi. Hodisa qurbonlari va jarohatlanganlarning yoshi oshkor etilmadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi report.az.