Unga ko'ra, Limpopodagi Mokopane va Marken o'rtasidagi tog' dovonida avtobus boshqaruvniyo'qotib, ko'prikdan tushib, yonib ketishi oqibatida 45 kishi halok bo'ldi, bir nechta kishi jiddiy jarohatlandi.
Respublika transport vaziri Sindisive Chikunganing aytishicha, halokatdan faqat sakkiz yoshli qiz omon qolgan va kasalxonaga yotqizilgan. Yana bir ayol kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan, deb xabar beradi ria.ru.