Xabarda aytilishicha, bemorda bosh og'rig'i, charchoq, og'iz yarasi, mushak va tomoq og'rig'i kabi alomatlar bo'lgan va u test natijalari olingan kuni vafot etgan.
Vazirlik avvalroq Janubiy Afrika Respublikasida maymun chechagining laboratoriya tomonidan tasdiqlangan jami beshta holati qayd etilgani, ulardan biri o'lim bilan yakunlangani haqida xabar bergan edi. Qayd etilishicha, JARda kasallanganlarning barchasi 30 – 39 yoshli erkaklar bo'lib, ular ayni paytda maymun chechagi epidemiyasi avj olgan mamlakatlarga borishmagan, deb xabar beradi report.az.