Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, AFP xabar berdi.
Unga ko'ra, Kvazulu-Natal va Sharqiy Keyp viloyatlarida qurbonlar soni 22 kishiga yetgan. 50 dan ortiq kishi jarohatlangan. Avvalroq 12 kishining o'limi haqida xabar berilgan edi.
Suv toshqini boshlanganidan buyon ikki mingdan ortiq aholi xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan, deb xabar beradi report.az.