Jarima qoʻllamaslik evaziga 2,6 million soʻm olgan xodim ushlandi
Xavfsizlik
30 iyn 2022, 11:41
1 480
“Sharof Rashidovtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimi M.Q. fuqaro Sh.ning xonadoni tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi uchun rasmiylashtirilgan dalolatnomani yoʻq qilib berish va jarima qoʻllamaslik evaziga 2,6 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan DXX bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.