Tadbirda “Toshkent suv taʼminoti” MCHJga qarashli “Suv oʻlchagich xizmati” unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi S.S. xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkor M.ga qarashli binodagi suv hisoblagichning sertifikat muddati oʻtganligi sababli qoʻllanilishi lozim boʻlgan 5,5 mln soʻm jarimani korxona rahbariyati orqali bartaraf qilib berish evaziga 100 AQSH dollari va 500 ming soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.