Jarima qo‘llamaslik evaziga pora talab qilgan mansabdor fosh etildi

    Xavfsizlik 23 Iyul 2020 1576

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

    Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi Kitob tuman filiali boshlig‘i Q.N. fuqaro M.YU.dan niqobsiz yurgani uchun qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 800 ming pora talab qilgan. Aytilgan pulning 600 ming so‘mini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    Mazkur holat yuzasidan filial boshlig‘i Q.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.