Jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

    Navoiy viloyati FVBga Nurota tumani hududidagi “Oq togʻ” togʻ tizmalarida chorva mollarini boqib yurgan fuqaro jarlikka tushib ketdi.

    Bu haqda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, kuni kecha, Navoiy viloyati FVBga Nurota tumani hududidagi “Oq togʻ” togʻ tizmalariga fuqaro chorva mollarini boqish maqsadida borib, jarlikka tushib ketgani va unga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

    Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.

    Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro jarohat bilan topilib, unga psixologik va birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan hamda maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida xavfsiz joyga olib chiqilgan.

    Shuningdek, malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Shifokorlarning maʼlum qilishicha hozirda uning ahvoli yaxshi.