JARning 98 nafar fuqarosi Oʻzbekistonda oliy taʼlim olmoqda

    2025-yilning yanvar avgust oylarida jami 14 216 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 179 nafarga yoki 28,8 % ga oshgan.

    Joriy yilning 8 oyida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

    • Turkmaniston — 4 603 nafar;
    • Hindiston — 3 477 nafar;
    • Tojikiston — 1 392 nafar;
    • Xitoy — 710 nafar;
    • Pokiston – 700 nafar;
    • Janubiy Koreya — 553 nafar;
    • Qirgʻiz Respublikasi — 333 nafar;
    • AQSH — 319 nafar;
    • Filippin – 245 nafar;
    • Turkiya – 233 nafar;
    • Afgʻoniston — 226 nafar;
    • Misr – 203 nafar;
    • Rossiya – 121 nafar;
    • Buyuk Britaniya – 110 nafar;
    • JAR – 98 nafar;
    • Boshqa davlatlar — 893 nafar.