JARning g'arbiy qismida kuchli shamol 30 ga yaqin maktabga zarar yetkazdi

    Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) janubiga sovuq havo olib kelgan kuchli shamol va yomg'ir tufayli mamlakatning g'arbiy qismida kamida 29 maktab zarar ko'rdi. Bu haqda SABS radiosi xabar berdi.

    Unga ko'ra, G'arbiy Keyp viloyatida ko'plab binolar, jumladan, 30 ga yaqin maktab zarar ko'rdi. Shamol tomlarni uchirib yubordi. Keyingi besh kun davomida shamol to'xtamasligi tufayli hokimiyat aholini o'ta ehtiyotkor bo'lish haqida ogohlantirdi.

    24 soat ichida Yoxannesburg hududida tungi havo harorati Selsiy bo'yicha minus 2 darajagacha tushadi, deb xabar beradi tass.ru.