Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Taom hududning issiq va quruq iqlimi, yaylovda boqilgan hisori qoʻzilari goʻshti, shuningdek, archa shohlari bilan tandirda pishirish texnologiyasi bilan ajralib turadi. “Jarqoʻrgʻon tandir goʻshti” odatda 1,5–2 soat davomida +400 °C atrofida qizdirilgan yer tandirda bugʻ va issiqlikda pishiriladi.
Geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi “Jarqoʻrgʻon tandir goʻshti” nomi va anʼanaviy tayyorlash usulini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Surxondaryoning hududiy gastronomik brendini keng targʻib etish imkonini yaratadi.