Elmurod Avazov 1988-yil 15-iyulda Sherobod tumanida tugʻilgan. 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit, davlat moliyasini boshqarish.

E.Avazov 2012-2022-yillarda iqtisodiyot boshqarmasi va viloyat hokimligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022-yildan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.