Maʼlumki, 16-oktyabr kuni Yangihayot tumanida TKTI talabasi Muhriddin Ilashov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani jasorat bilan qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.
Bugun, 18-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov yosh qahramonning mardligi va fidoyiligini eʼtirof etib, unga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻasini topshirdi.
Taqdirlash chogʻida vazir Muhriddin Ilashovning bu ishi nafaqat oʻzi tahsil olayotgan institut, balki butun yoshlar uchun ibrat ekanini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, u yoshlar orasida insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuygʻularini yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdi.









