Oʻzbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov Qozogʻistonning “Qayrat” jamosida ijara asosida oʻynab kelayotgan edi. Kuni kecha u klub bilan xayrlashib, oʻz jamoasi “Lokomotiv”ga qaytdi.

Jasur yaqinda yurtimizda boʻlib oʻtgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng zoʻr futbolchilaridan biri sifatida tan olindi. U 2018-yilning 2-avgust kuni Oʻzbekiston kubogi uchun “Bunyodkor”–“Qoʻqon 1912” jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda maydonga tushib, oliy ligadagi eng yosh futbolchi boʻlgan. Shuningdek, Jasur 2019 yining oktyabr oyida “Jahon futbolining eng iqtidorli 60ta yosh futbolchisi” roʻyxatiga kirgan.

2020-yilda Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi bilan besh yilga shartnoma imzolagan, lekin ikki oy asosiy tarkibga kirmagani uchun shartnomani bekor qilgan. Shunindek u “Andijon”, Rossiyaning “Tambov” jamoalarda ham oʻynagan.