Musobaqaning ikkinchi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan vatandoshimiz Jasurbek Jaysunov oltin medalga sazovor boʻldi.
Barcha bellashuvlarda raqiblaridan mahorat bobida ustun ekanini koʻrsatgan Jaysunov finalda ham mezbon sportchiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va kelasi yil oʻtkaziladigan asosiy musobaqa ishtirokchisiga aylandi. Eslatib oʻtamiz, birinchi kungi bahslarda Shuhrat Salayev (+80 kg) kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
Endi hamyurtlarimiz ertaga oʻtkaziladigan jamoaviy dasturdagi jahon kubogining finalida ishtirok etadi, deb xabar beradi OlympicUz.