Javohir Sindorov “Freestyle Chess Champion-2025” turnirida 60 ming dollar ishlab oldi

    Sport 12 Dekabr 2025 103

    Mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollardan boʻlgan “Freestyle Chess Champion-2025” shaxmat turniri yakunlandi.

    Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan mazkur turnirning final bahsida Amerika Qoʻshma Shtatlari sharafini himoya qilgan Levon Aronyan Magnus Karlsenni 1,5:0,5 hisobida magʻlub etib, musobaqa gʻolibi boʻldi.

    Nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov 3-oʻrin uchun germaniyalik Vinsent Kaymerga qarshi kurashdi. Qiziqarli va oʻziga xos kombinatsion kechgan bahsda Sindorovning oʻtgan turlardagi kuchli toliqishi oʻz soʻzini aytdi. Natijada germaniyalik shaxmatchi 3-oʻrinni egalladi, Sindorov esa 4-oʻrin bilan kifoyalanib, 60 ming AQSH dollari mukofotiga ega boʻldi.

    Xullas, gʻoliblar mukofot pulini quyidagicha taqsimlab oldi:

    • 1-oʻrin: Levon Aronyan (AQSH) — 200 ming dollar;
    • 2-oʻrin: Magnus Karlsen (Norvegiya) — 140 ming dollar;
    • 3-oʻrin: Vinsent Kaymer (Germaniya) — 100 ming dollar;
    • 4-oʻrin: Javohir Sindorov (Oʻzbekiston) — 60 ming dollar.