Germaniyaning Vayssenxaus shahrida shaxmat boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollar boʻlgan Freestyle Chess Gram Slam turniri boʻlib oʻtmoqda.
Unda kecha Javohir Sindorov amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi tay-breykning hal qiluvchi ikkinchi partiyasini oʻtkazdi.
Tay-breykning birinchi uchrashuvida Sindorov gʻalaba qozongan edi. Ikkinchi partiyani oq donalarda oʻtkazgan Javohir yana Nakamurani magʻlub etdi.
Natijada Javohir Freestyle Chess Gram Slam turnirining 1/2 finaliga yoʻl oldi. Shuningdek, yana bir chorak final oʻyinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni magʻlub etdi.
Sindorov endi 1/2 finalda yana bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-oʻrin uchun kurashni davom ettiradi.









