Javohir Sindorov “Titled Tuesday” turnirida 2-oʻrinni egalladi

    Sport 20 Fevral 2025 1327

    Shaxmat boʻyicha onlayn tarzda oʻtkazilgan “Titled Tuesday” turnirida yosh grossmeysterimiz Javohir Sindorov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Turnir gʻolibligi 11-turda 10 ochko jamgʻargan polshalik Yan-Krishtof Dudaga nasib etdi. 11 imkoniyatdan 9 ochko jamgʻargan Sindorov qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra, 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Amerikalik Kristofer Yu 3-oʻrindan joy oldi.

    Onlayn turnir gʻolibi 1 ming AQSH dollar pul mukofoti sohibi boʻlgan boʻlsa, Sindorov 750, 3-pogʻonani band etgan shaxmatchi 350 dollarga sazovor boʻldi.