Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Quvayt davlati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan 2021-yil 12-aprel kuni “Jazeera Airways” aviakompaniyasiga Quvayt – Toshkent – Quvayt yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 8-k –sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni A320-214 va A320-251N havo kemalarida amalga oshirishini maʼlum qildi.