Jazo tayinlangach, 45 million aliment puli toʻlandi

    Qarzdor L.Z. hisobidan undiruvchi L.Sh. foydasiga 3 nafar farzandlari taʼminoti 1/2 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 04.05.2019-yilda kelib tushgan.

    Byuroning Jizzax shahar boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan, qarzdor L.Z. hisobidan undiruvchi L.Sh. foydasiga 3 nafar farzandlari taʼminoti 1/2 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 04.05.2019-yilda kelib tushgan.

    Ijro harakatlari davomida qarzdor L.Z aliment pullarini Respublika boʻyicha belgilangan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda toʻlov qilmasdan kelganligi sababli davlat ijrochisining 14.05.2024-yildagi hisob-kitob dalolatnomasiga asosan aliment qarzdorligi 45.465.017 soʻmni tashkil etgan.

    Boʻlim tomonidan qarzdor L.Z.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.

    Jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudi ishni koʻrib chiqib, aliment qarzdorligi boʻyicha 45.465.017 soʻmni toʻlamaganlik uchun huquqbuzar deb topib, L.Z.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

    Shundan soʻng, qarzdor L.Z.ga nisbatan qoʻllanilgan jazo chorasi natijasida, uning oila aʼzolari tomonidan 45.500.000 soʻm aliment pullari toʻliq toʻlab berildi.