Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston xalqi hayotimizning deyarli hamma sohalariga kirib kelayotgan islohotlar davrida yashab, mehnat qilyapti.

Toshkent Fotosuratlar uyida Jazoir davlat mustaqilligining 60 yilligi hamda Jazoir va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan “Jazoirning qadimiy va zamonaviy arxitekturasi” deb nomlangan fotokoʻrgazma bizda qiziqish bilan kutib olindi.

Respublikamizda imkoniyatdan kelib chiqib, jahondagi mamlakatlar toʻgʻrisida matbuotda, nashriyotlar kitoblar chiqaradi.

Jazoir Respublikasining qisqa tarixiga Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasida ham sahifalar ajratilgan. Oʻzbekiston xalqi jahonda boʻlayotgan voqealarga befarq emas.

Fotosuratlar uyidagi zaldan oʻrin olgan fotosuratlarda aks etgan qadimgi Rim davri, oʻrta asrlar va yangi tarix davrida zamonaviy arxitektura asosida maʼlum bir maqsadlar, ehtiyojlar uchun qurilgan binolar, tarqatilgan ayrim tarixiy maʼlumotlar tomoshabinni fikr-mulohazalarga chorlaydi. Tarix tarbiyasini beradi. Fotograf, arxitektura mutaxassisi oʻz fikrini aytishi mumkin.

Hasan Abdunazarov