Jazoni ijro etish sohasida bir qator ma'lumotlar maxfiylikdan chiqarildi
Xavfsizlik
25 may 2020, 17:26
3 247
“Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini
ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to'g'risidagi ma'lumotlar.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to'g'risidagi ma'lumotlar.
Jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo'yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to'g'risidagi ma'lumotlar.
O'zbekistan Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o'lim holatlari soni to'g'risidagi ma'lumotlar.
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo'llaniladigan mahkumlar soni tug'risidagi ma'lumotlar.