Turnirning ilk bellashuvida Meksika milliy jamoasi JARga qarshi o‘ynab, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kinones 9-daqiqada hisobni ochdi. 67 daqiqada Raul Ximenes yakunliy nuqtani qo‘ydi.
49-daqiqada afrikaliklar safida Sitole va 84-daqiqada Zvane maydondan chetlatildi. 90+2-daqiqada meksikaliklar safida Montes ham qizil kartochka oldi.
2026-yilgi Jahon chempionatining “A” guruhi 1-turi doirasida Janubiy Koreya terma jamoasi Chexiya bilan kuch sinashdi. “Estadio Akron” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda osiyoliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda hisobni yevropaliklar ochdi. 59-daqiqada Ladislav Kreychi Chexiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq koreyslar tezda o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oldi — 67-daqiqada Hvan In Bom muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 80-daqiqada esa O Hyon Gyu Janubiy Koreyaga g‘alaba keltirgan muhim golga mualliflik qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Janubiy Koreya ham Meksika singari 3 ochkoga ega bo‘lib, guruh peshqadamlaridan biriga aylandi. Ikkinchi turda Chexiya 18 iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Janubiy Koreya esa 19 iyunga o‘tar kechasi Meksika bilan kuch sinashadi.