Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu Dabidagi “Al Nahyan Stadium” stadionida oʻyin oʻtkazadi.
Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston MTJ uchinchi saralash bosqichi doirasidagi soʻnggi oʻyinni 10-iyun kuni Toshkentda Qatarga qarshi oʻtkazadi. Ushbu oʻyin soat 18:45 da “Bunyodkor“ stadionida boʻlib oʻtadi.