Bugun, 27-iyun kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida joylashgan OFK qarorgohida futbol boʻyicha 2026-yili Shimoliy Amerikaning uchta Kanada, Meksiva va AQSH davlatidagi 16 ta shahri mezbonlik qiladigan mundialning Osiyo mintaqasi saralash bahslarining 3-bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qurʼa tashlash marosimiga koʻra, 18 ta terma jamoa 3 ta guruhga boʻlingan holda saralash bahslaridagi raqiblarini bilib olishdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi.

“A” guruhi

Eron, Qatar, Oʻzbekiston, BAA, Qirgʻiziston va Shimoliy Koreya

“V” guruhi

Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya, Oman, Falastin va Quvayt

“S” guruhi

Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Xitoy va Indoneziya.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi saralash bahslari 3-bosqichining dastlabki turini joriy yil 5-sentyabr kuni Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvni Oʻzbekiston MTJ oʻz uyida oʻtkazadi.

10.09.2024

Qirgʻiziston - Oʻzbekiston

10.10.2024

Oʻzbekiston - Eron

15.10.2024

Oʻzbekiston - BAA

14.11.2024

Qatar - Oʻzbekiston

19.11.2024

Shimoliy Koreya - Oʻzbekiston

20.03.2025

Oʻzbekiston - Qirgʻiziston

25.03.2025

Eron - Oʻzbekiston

05.06.2025

BAA - Oʻzbekiston

10.06.2025

Oʻzbekiston - Qatar