JCH-2026 saralashi: Bugun Oʻzbekiston Qatarga qarshi toʻp suradi

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi oq libosda oʻynaydi. Darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi.

    Shu yilning 14-noyabr kuni futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatining saralashi Osiyo qitʼasi 3-bosqich “A” guruhi 5-turi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar bilan kuch sinashadi.

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi oq libosda oʻynaydi. Darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi. Qatar-Oʻzbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi.

    Bosh hakam Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. Toʻrtinchi rasmiy hakam Chae Sangheop qayd etilgan. VARʼda esa Kim Heegon faoliyat olib boradi.

    4 ta turdan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi 10 ochko bilan guruhda 2-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Qatar termasi 4 ochko bilan 4-oʻrinni band etgan.

    Maʼlumot uchun, Qatar-Oʻzbekiston oʻyini Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. Uchrashuvga Doha shahridagi Jassim bin Hamad stadioni mezbonlik qiladi.