JCH-2034 qayerda oʻtadi?

    FIFA arizalar kutyapti

    JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida, 48 jamoa ishtirokida boʻlib oʻtishidan, shuningdek, FIFA kengashi kecha 2030-yilgi jahon chempionatini uch qitaʼning oltita mamlakatida tashkil etishga qaror qilganidan xabaringiz bor, albatta.

    FIFA kengashi kechagi yigʻilishida yana bir muhim qarorga keldi. Unga koʻra, 2034-yilgi jahon chempionatini qabul qilishga faqat OFK va Okeaniya mamlakatlari ariza topshirishi mumkin.

    Ayni paytda turnir mezbonligi uchun Saudiya Arabistoni asosiy daʼvogar boʻlib turibdi. Osiyo futbol konfederatsiyasi Saudiyaning mezbonlik taklifini qoʻllab-quvvatlagan.

    Saudiya Arabistoni Qirolligi rasmiylari ham mamlakat JCH-2034 mezbonligi uchun ariza topshirishini tasdiqlagan.

    Shu oʻrinda bir taklif. Balki Markaziy Osiyo mamlkatlari ham bu nifuzli turnirni oʻzlarida oʻtkazish uchun birgalikda ariza topshirib koʻrishar...