JCh–2022 o'yinlariga kirish uchun PTSR testi talab qilinadi

    Shuningdek, 32 ta jamoa a'zolari har ikki kunda tezkor antigen testidan o'tadi.

    Jahon chempionati uchun Qatarga sayohat qiladigan muxlislar mamlakatga kirish vaqtida COVID-19 testini taqdim etishlari kerak. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma'lum qildi.

    Test Qatarga kelishdan 48 soat oldin, ekspress testlar esa bir kun ichida amalga oshirilishi lozim. 18 va undan katta yoshdagi barcha chempionat mehmonlari ularning salomatligi va harakatlarini kuzatib boruvchi rasmiy ilovani yuklab olishlari talab qilinadi. Stadionga faqat hujjatida “koronavirus yuqmagan” maqomini ko'rsatgan shaxslar kiritiladi.

    32 ta jamoa va xodimlar har ikki kunda tezkor antigen testlarini o'tkazadilar. Qatarga kirishda COVID-19 uchun majburiy test barcha sayohatchilar uchun 4 sentyabrdan boshlab kuchga kiradi.