Maʼlumki, 2026-yili AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishi kutilyapti.

Tashkilotchilar 48 ta jamoani uchta ishtirokchidan iborat 16 ta guruhga ajratishni rejalashtirgan edi. Biroq, endi toʻrtta ishtirokchidan iborat 12 ta guruhga ajratish masalasini muhokama qilinmoqda.

Hozircha biror bir qarorga kelinmadi. Manfaatdor tomonlar kelgusi oylarda shu masalani yana muhokama qiladi va soʻnggi qaror qabul qilinishi kerak.

Ekspertlar fikriga koʻra, koʻproq oʻyinlar oʻtkazilishi evaziga turnir yana bir necha kunga uzaysa, FIFA ham, yirik homiylar ham eʼtiroz bildirmaydi. Ular chipta sotish, translyatsiya va boshqa imtiyozlar orqali qoʻshimcha daromad olishi mumkin.

Biroq, bunday qaror klublar va futbolchilar kasaba uyushmalarini ziddiyatga olib kelishi mumkin. Chunki taqvim tobora tigʻiz boʻlib borayotgan sharoitda, top jamoalar yettita emas, balki sakkizta oʻyin oʻtkazishi kerak boʻladi.

Uchta ishtirokchidan iborat guruh formati jiddiy kamchiliklarga ega ekani hozirdanoq tan olinmoqda. Deylik, ikki jamoa toʻplar nisbati boʻyicha pley-offga chiqish uchun durangga muhtoj boʻlsa, soʻnggi oʻyinda norasmiy kelishuvlar boʻlishi mumkin.