Bu haqda Move Electric xabar berdi.
Kompaniya Jeep Avenger kompakt yoʻltanlamasini taqdim etdi. Mashina birinchi navbatda Yevropa bozoriga moʻljallangan, reliz 2023-yil boshlarida oʻtkazilishi kutilmoqda.
Jeep vakillariga koʻra, Avenger 400 voltli elektr platformada qurilgan, mashinani 156 ot kuchiga ega yagona dvigatel harakatga keltiradi.
Avtomobil bir necha rejimda ishlaydi: “Odatiy” (kunlik harakatlanish), “Sport”, “Qor”, “Loy”, “Qum”, “Eko” (oxirgisi quvvatni tejash uchun).
Mashina bitta quvvat olishda 400 km yoʻl bosadi — boshqa ishlab chiqaruvchilarga solishtirganda uncha yaxshi koʻrsatkich emas. Biroq akkumulyatori tez quvvat oladi: 20 foizdan 80 foizgacha toʻlishi uchun 24 daqiqa yetadi. Har uch daqiqalik quvvati qoʻshimcha 30 km yurishni kafolatlaydi.