Jeneva shahrida Oʻzbekiston kuni oʻtkazildi

    Parlamentlararo ittifoqning 149-Assambleyasi doirasida maftunkor yurtimiz va amalga oshirilayotgan islohotlar namoyishiga bagʻishlangan Oʻzbekiston kuni tashkil etildi.

    Unda turli mamlakatlarning delegatsiyalari, parlament aʼzolari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

    Tadbir ishtirokchilariga boy tarixga ega yurtimiz, qadriyatlarimiz va madaniy merosimiz aks etgan videorolik namoyish etildi.

    Mazkur rolik ularda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Oʻzbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi ekspozitsiya esa xorijlik hamkorlarimizning mamlakatimiz haqidagi tasavvurini yanada boyitdi.

    Shuningdek, kelgusi yil aprel oyida rejalashtirilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.