Maktabgacha taʼlim vazirligi xabariga koʻra, Jenisbek Piyazov jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi hamda maktabgacha taʼlim sohasida madaniyat va sanʼatni rivojlantirish bilan shugʻullanadi.
Maʼlumot uchun, opera xonandasi Jenisbek Piyazov 1988-yili Nukus shahrida tugʻilgan. U respublika vokalchilari tanlovining 1-mukofoti laureati, “Qozoq romantikasi” xalqaro tanlovi, rus romantikasining yosh ijrochilari Moskva xalqaro tanlovi hamda xalqaro vokalchilar tanlovining gran-pri gʻolibi.