Jennifer Lopes konserti munosabati bilan “Bunyodkor” stadioni atrofida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

    2025-yil 7-avgust kuni soat 19:00 da Chilonzor tumanida joylashgan (Milliy) “Bunyodkor” stadionida jahon estrada yulduzi Jennifer Lopesning konserti boʻlib oʻtadi.

    Shu munosabat bilan Chilonzor tumanida joylashgan qator koʻchalarda vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, quyidagi koʻchalarda soat 12:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalari harakati toʻliq cheklanadi:

    Choʻponota – Qatortosh koʻchalari chorrahasidan, Choʻponota koʻchasi boʻylab, Choʻponota va Chilonzor koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qism;

    Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan, Chilonzor koʻchasi boʻylab, Chilonzor – KXAYA koʻchalari chorrahasigacha boʻlgan qism;

    Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasiKXAYAdan Choʻponota koʻchasigacha boʻlgan oraliq.

    Yuzaga kelayotgan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr soʻraldi. Aholi va haydovchilardan aylanma va yaqin atrofdagi koʻchalar orqali harakatlanishni tavsiya etildi.

    Shuningdek, Shuningdek, “Toshshaxartransxizmat” konsert ishtirokchilari uchun maxsus avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyilganini eʼlon qildi.

    Avtobuslar quyidagi manzillardan harakatlanadi:

    • City Mall savdo koʻngilochar majmuasi oldi maydoni
    • Hyatt Regency mehmonxonasi oldi maydoni
    • Humo Arena muz saroyi oldi maydoni

    Harakat boshlanishi: soat 16:00 dan va bepul, avtobuslar toʻxtovsiz qatnovni amalga oshiradi