“JICA” xalqaro hamkorlik agentligi statistika tizimida hamkorlik qiladi

    Xalqaro hamkorlik 11 Mart 2023 969

    Joriy yil 10-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov, JICA ning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari janob Miyazaki Suguru va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Agentlik direktori Bahodir Begalov va Miyazaki Suguru janoblari ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashdi, shu jumladan, aholini roʻyxatga olish, qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va turizm statistikasi boʻyicha maʼlumotlar almashinuviga toʻxtalib oʻtdi.

    Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni yanada mustahkamlash va hamkorlikning boshqa istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati.