баннер
7 Mar 2025
11:25

    JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan oʻtgan muloqotda qator yangi loyihalarga eʼtibor qaratildi

    Joriy yil 31-yanvarda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi bilan uchrashdi.

    Muloqot davomida joriy yil yanvar oyida JICA Prezidenti A.Tanakining Oʻzbekistonga tashrifi va Prezident Sh.M.Mirziyoyev bilan uchrashuvi muhim voqea boʻlgani va Agentlik bilan samarali hamkorlik tarixida yangi bosqich ochilgani eʼtirof etildi.

    Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik, ayniqsa, JICA ning turli oʻquv loyihalari parlamentlararo aloqalar va inson resurslarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

    Maʼlumki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 50-yildan ortiq vaqt davomida rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqil va barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va inson resurslarini rivojlantirishga koʻmaklashib kelyapti.

    Joriy yilda davlat boshqaruvi, qishloq xoʻjaligi, energetika, xususiy sektor kabi sohalarda JICA tashkiloti bilan amaliy oʻquvlarni tashkil etish va bu dasturlarga xotin-qizlarni kengroq jalb etish masalalari muhokama etildi.

    Shu bilan birga, kelgusida hududiy parlament vakillari — mahalliy Kengash deputatlari uchun malaka oshirish dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech