“Jiguli” va eshak arava toʻqnashgan. Qurbonlar bor

    Xavfsizlik 28 Oktabr 2020 1176

    2020-yil 27-oktyabr kechki payt Jizzax viloyati Zarbdor tumani hududidan oʻtuvchi 4R-196 “Yangiyer- Dashtobod” avtomobil yoʻlining 35 kilometrida yengil avtomashina eshak aravaga toʻqnashishi natijasida fojiali YTH roʻy bergan.

    Maʼlum boʻlishicha, “VAZ-2106” rusumli transport vositasi katta tezlikda kelib, yoʻlning oʻng tomonidan harakatlanib kelayotgan eshak aravaning orqa tomonidan urib yuborib yuborgan.

    Sodiri etilgan yoʻl transporti hodisasi oqibatida eshak aravadagi biri 62 yashar, ikkinchisi 22 yashar boʻlgan fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlarini olib Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etishgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.