Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukm oʻqildi

    Sud tomonidan ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

    Poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat sodir etgan bir guruh shaxslar ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

    Toshkent shahar IIBB tomonidan qoʻzgʻatilib tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

    1. Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudining 24-aprel kunidagi hukmiga koʻra 1985-yilda tugʻilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan oʻn ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    2. Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudining 14-may kunidagi hukmiga koʻra, 1990-yilda tugʻilgan Amonov Olimjon Shuxratovich Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan toʻrt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.