Jinoyatchilar qo'lga olindi

    Toshkent shahar IIBB xodimlari jinoyat sodir etganliklari uchun qidiruvga e'lon qilingan bir nechta shaxslarni qo'lga olishdi

    14 oktyabr` kuni “Chorsu” bozori hududida Mirzo-Ulug'bek tumani IIO FMB tergovchisi va jinoyat qidiruv xodimi tomonidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e'lon qilingan 38 yoshli Nusratulla A. qo'lga olindi. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'llandi.

    Shu kunning o'zida Chilonzor tumani IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari O'zbekiston Respublikasi IIVdagi hamkasblari bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) 3 qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2017 yilning sentyabr` oyida Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo'limi tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 33 yoshli Shahzod ham qo'lga olindi. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'lladi.

    15 oktyabr kuni esa Mirobod tumani IIO FMB patrul-post va jinoyat qidiruv xizmati xodimlari ilgari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O'g'rilik”) 3 qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Mirobod tumani jinoyat ishlari bo'yicha sudi tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 30 yoshli SHerzod T.ni Yashnobod tumani hududida qo'lga olishdi.

    Shu kunning o'zida Bektemir tumanida IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O'g'rilik”) 3 qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Bektemir tumani jinoyat ishlari bo'yicha sudi tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 20 yoshli Isomiddin M.ni Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida qo'lga olindi