Qashqadaryo viloyat hokimligida Ichki ishlar vaziri o'rinbosari - Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i general-mayor Davron Nazarmuhamedov hamda viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida ishchi guruh o'rganishlarining yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda viloyatda sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amaliyotga tadbiq etiladigan “Qashqadaryo tajribasi” taqdimoti bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Qarshi shahridagi kriminogen vaziyati eng og'ir “qizil” toifadagi “Alisher Navoiy” nomli mahalla tanlab olinib, mazkur mahallani tajriba sifatida “jinoyatdan xoli mahalla”ga aylantirish choralari ko'rilishi yuzasidan aniq choralar ko'rilishi belgilandi.
Shu bilan mazkur taqdimotda yig'ilish ishtirokchilari e'tiboriga etkazilgan jinoyatlarni jilovlashning “Qashqadaryo tajribasi”ni boshqa hududlarida ham qo'llash borasida tegishli tavsiyalar berildi/