Jinoyatda ayblangan advokat yana jinoyat ustida ushlandi

    Advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini oʻtayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush oʻrtogʻidan 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

    DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Taʼkidlash lozimki, ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan boʻlib, bundan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

    Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.