Jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib o'tish miqdori oshirildi

    Moliya 5 Sentabr 2023 2022

    Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

    Qarorga ko'ra:

    – Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so'm ekvivalentidan ortiq miqdordagi O'zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yo'lovchi bojxona deklaratsiyasini to'ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo'li bilan bojxona nazoratidan o'tkaziladi. Ilgari 70 million so'm edi.

    – Jismoniy shaxslar deklaratsiya to'ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag'larini bojxona nazorati shakllari qo'llanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to'ldirish qoidalari bilan bog'liq umumiy tushuntirishlar beriladi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.

    Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.