Jismoniy tarbiya va sport vazirligi OAV xodimlarini sport maydoniga chorlaydi

    Sport 19 Noyabr 2020 1341

    Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shu yil 28-29-noyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻrtasida “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqalari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

    Sport musobaqalarida OAV xodimlari badminton (yakkalik va mikst yoʻnalishlarida), stol tennisi (yakkalik) hamda voleybol boʻyicha (erkaklar va ayollar) oʻzaro musobaqalashadi.

    Badminton va stol tennisi boʻyicha musobaqalar Oʻzbekiston badminton federatsiyasida tashkil etilsa, voleybol bahslariga Mirobod tumani 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mezbonlik qiladi.

    “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqalarida qatnashish istagida boʻlgan barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlardan oʻz talabnomalarini joriy yil 25-noyabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron manzili (info@minsport.uz) yoki

    (99) 482-52-12 raqamiga Telegram messenjeri orqali yuborishlaringiz soʻraladi.

    Unutmang, sogʻlom turmush tarziga oshno boʻlgan inson sogʻlom fikrlaydi.

    Murojaat uchun telefonlar: (71) 239-24-18, (71) 239-24-37

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati