Jizzax Autoda yangi Volkswagen Caddy V ishlab chiqarila boshladi

    Transport 18 Avgust 2022 1358

    Tez tibbiy yordamning ambulatorli avtomobili Volkswagen Caddy — Oʻzbekiston tibbiyot xodimlari tomonidan yuqori baholandi.

    Ishonchli jihozlar, keng va qulay interyer, shuningdek, avtomobilning bir maromda harakatlanishi bularning barchasi Caddy tez tibbiy yordamning ambulatorli avtomobilida mujassam. Volkswagen Caddy V avtomobillarining yangi avlodi yanada zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, yangi xalqaro talablar asosida ishlab chiqarilgan. Salon, avvalgidek, bemor va tibbiyot xodimlarini qulay joylashish imkonini beradi.

    “Luidor” MCHJ (Rossiya) vakillari texnik yordam va “Ambulance” Volkswagen Caddy V yangi avlod avtomobili prototipini ishlab chiqarish boʻyicha maslahat olish uchun Jizzakh Auto zavodiga tashrif buyurdi. Rossiyalik mutaxassislarning maslahatlari boʻyicha ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bir necha kunni talab etadi.

    Volkswagen Caddy V yuqori manevr va samarali texnik koʻrsatkichlarga ega. Avtomobilning eng muhim fazilatlaridan biri, harakatlanishni toʻxtatmasdan, bemorga bevosita avtomobilning ichida tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati mavjudligidir, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.