«Jizzax avto» bazasida «Volkswagen Caddy» engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanmoqda

    Transport 3 Iyun 2020 4961

    Joriy yilning mart oyida «O'zavtosanoat» AJ va «Fol`ksvagen Grup Rus» kontserni o'rtasida «Jizzax Avtomobil` Zavodi» MCHJ kompaniyasi bazasida engil tijorat atvomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha hamkorlik to'g'risida Kelishuv imzolangan edi.

    Bugungi kunda 45 gektar maydonda joylashgan zavodning qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.

    Engil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish maqsadida O'zbekistonga «Volkswagen Caddy» avtomobillarining bir qismi keltirilib, ular sertifikatsiya bo'yicha vakolatli organlarga iqlim sinovlarb va omologatsiya bo'yicha maxsus tekshiruvlardan o'tkazish uchun topshirildi. Hozirda «O'zstandart» agentligi tomonidan sertifikatsiyalash va transport vositalarining amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash, jumladan sertifikatsiyalovchi organ tomonidan nazorat iqlim tekshiruvlari va Umumiy texnik reglament talablariga binoan boshqa sinovlarni o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Bir vaqtning o'zida «Jizzax Avto» MCHJ tomonidan «Fol`ksvagen» dilerlik tarmog'ini rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridagi qator dilerlik korxonalar hamkorlik qilish uchun tanlab olindi. SHuni ta'kidlash joizki, “Volkswagen Caddy” rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul` oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

    «Har bir diler korxonalarining loyihalari alohida, «Fol`ksvagen» mijozlarining avtosalon hududi bo'ylab qulay harakatlanishiga yo'naltirilgan kompaniyaning kontseptsiyasiga muvofiq tasdiqlandi. Hozirda «Fol`ksvagen» standartlariga muvofiq yangi dilerlik markazlarini qurish bo'yicha ishlar olib borilmoqda, ularning barchasi xaridorlarga sifatli servis xizmatini ko'rsatish uchun zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi», - kayd etib o'tdi - «Jizzax Avto» bosh direktori Oybek Ayubov.

    Bundan tashqari, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida «Jizzax Avto» kompaniyasi va dilerlik korxonalari xodimlarini «Fol`ksvagen» brendi global standartlariga muvofiq o'qitish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqildi. 2020 yil may oyida “Fol`ksvagen” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida mahsulot savdosini yuritish va avtomobillarga xizmat ko'rsatish bo'yicha ilk o'quv treninglar o'tkazildi.

    Ma'lumot uchun:

    «Volkswagen Caddy» - 7 o'rindiqli (5-o'rindiqli ko'rinishi ham mavjud) yo'lovchi va yuk miniveni. Avtomobil` ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun to'g'ri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel` 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. YOqilg'i sarfi – shaharda 100 km.ga 9,3 litr, trassada 100 km.ga 6,1 litr.