“erkin iqtisodiy zonalar pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklash jarayonida muhim ahamiyatga ega.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida Markaziy Osiyoda raqobatchisi bo'lmagan uchta korxona “Sofitel”, “ekoklimat” va “Minyuan silu indastri” qo'shma korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Ushbu korxonalarning mahsulotlariga talab yuqori. Lekin ularning faoliyatini rivojlantirishga arzimagan muammolar xalal bermoqda.

Masalan, “Minyuan silu indastri” gaz ta`minotidagi tartibsizlik va elektr ta`minotidagi uzilishlar natijasida uch kunda 600 ming dollar zarar ko'rdi. Gaz bosimining biz uchun odatiydek tuyulgan o'ynashi mahsulotning bozorbopligini buzadi. Korxona tashkil etilibdiki, ushbu muammolar bartaraf etilishi bo'yicha va'dalar eshitadi.

“ekoklimat” qo'shma korxonasi steklovata ishlab chiqaradi. Ajoyib mahsulot, xomashyosi o'zimizniki. Talab juda yuqori. energiya ishlab chiqaruvchilar amaldagi qonunlarga muvofiq energiyani korxonaning kirishigacha keltirib berishi shart. Korxona uchun ishlab chiqarishni oshirish uchun zarur bo'lgan yuqori vol`tli elektr ta`minoti uchun kabel` tortish bir yildan beri va'da beriladi.

“Sofitel” juda noyob mahsulot ishlab chiqaradi. Davlat standartlashtirish markazi tomonidan muvofiqlik sertifikati berilmagani uchun korxona mahsulotini yagona xaridori — Xitoy firmasiga tannarxida sotishga majbur. Sertifikat bo'lmagani uchun korxona mahsulotni ta'sischisidan boshqa hech kimga sotolmaydi.

2013 yilda hukumat dasturiga kiritilgan “Jizzax” eIZda quvvati 16 mVa bo'lgan “Sanoat-1” nim stantsiyani quvvati 40 mVa bo'lgan nim stantsiyaga almashtirish masalasi unutib yuborilgandek.

Xullas, erkin iqtisodiy zonalarning muammolari bilan jiddiy shug'ullanadigan alohida idora tashkil etish zarurati bor. Bunday muhim masalada ikkilamchi darajada shug'ullanish to'g'ri emas.