Loyiha «Jizzax tekstil logistika» MCHJ tashabbusi bilan amalga oshirildi. Yangi transport vositalari shahar ichki yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida joylashtirilib, yoʻlovchilarga yuqori darajadagi xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan.
Jizzax viloyatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilash va transport infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha ishlar izchil davom etmoqda.








