Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Jizzax pedagogika universitetining Zarbdor tumanidagi sirtqi boʻlim binosida oʻrnatilgan gaz uskunalarining quvvati gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan ortiq ekani aniqlandi.
Dastlabki xulosalarga koʻra, binoda 3 milliard 520 million soʻmlik zarar hisoblangan.
Boshqa bir holatda Gʻallaorol tumanida “A.U.B.” oilaviy korxonasi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi maʼlum boʻlgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 2 milliard 217 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.